
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi tegishli qarori bilan, mansabdor shaxslar nazorat qiluvchi organ tomonidan uch yilda kamida bir marta attestatsiyadan oʻtkazilishi belgilangan boʻlib, bugun "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasida Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va farminspeksiya boshqarmasi xodimlarining attestatsiyasi bo'lib o'tdi.

Attestatsiya komissiyasiga Markaz direktori Alisher Temirov raislik qildi. Komissiya tarkibida direktor o'rinbosari Mirzohidjon Qodirov, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil devonining yetakchi inspektori D.Nasretdinov, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasining Qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan jamoatchilik nazorati bo'limi boshlig'i Sh.Kamalov, tadbirkorlik subyekti vakili Islom Ismatov hamda Attestatsiya komissiyasi kotibi B. Toshniyazov ishtirok etdi.

Attestatsiya davomida xodimlarning tadbirkorlik subyektlari faoliyatida davlat nazoratini amalga oshirishga oid amaldagi qonunchilik hujjatlari bo'yicha bilim va ko'nikmalari baholandi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF–5490-son Farmoni, 2022-yil 13-sentabrdagi PQ–374-son qarori, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 611-son qarori hamda nazorat tadbirlarini o'tkazish tartibi, tekshiruvlar jarayonida nazorat qiluvchi organlar va tadbirkorlik subyektlarining huquq hamda majburiyatlariga oid masalalar yuzasidan savollar berildi.


Mazkur attestatsiya nazorat tadbirlarini amalga oshiruvchi xodimlarning kasbiy bilim va malakasini mustahkamlash, ularning amaldagi qonunchilik talablarini chuqur o'zlashtirganligini baholash hamda davlat nazoratini ochiqlik, shaffoflik va qonuniylik tamoyillari asosida olib borishni ta'minlashga qaratilgan.


Maʻlumot uchun, Oʻzbekiston Respulbikasi Prezidentining 2023 yil 20-iyundagi 197-son qarori bilan tasdiqlangan Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi muassasalarni qayta tashkil qilish dasturiga muvofiq, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash yoʻli bilan davlat tomonidan boshqarishni taʻminlash SSV huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasiga yuklatilgan.