image.png

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-207-son Farmon ijrosini samarali ta’minlash, sohaga oid davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda narkotik vositalar va psixotrop moddalar muomalasi ustidan nazorat tizimini takomillashtirish maqsadida Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi direktori Farxod Xasanov Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga tashrif buyurdi.

image.png

image.png

Tashrif davomida Agentlik delegatsiyasi Markaz huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi faoliyati, narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan tizim, zamonaviy laboratoriyalarning texnik imkoniyatlari hamda ekspertiza jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

image.png

Uchrashuv davomida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirov hamda Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi raisi Ismatjon Azizov tomonidan Prezident Farmoni bilan belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan institutsional islohotlar, nazorat mexanizmlarini raqamlashtirish, laboratoriya salohiyatini mustahkamlash hamda idoralararo hamkorlikni kengaytirish borasida erishilgan natijalar va istiqboldagi rejalar yuzasidan batafsil axborot berdi.

image.png

Shuningdek, muloqotda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish, aholi salomatligini ishonchli himoya qilish, millat genofondini asrash hamda bu boradagi davlat siyosatini izchil amalga oshirishda mas’ul idoralar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.

image.png

Tashrif yakunida Farmon ijrosi doirasida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, nazorat tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga oid hamkorlikni izchil davom ettirish yuzasidan kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.